Ispaniya huquq-tartibot organlari tomonidan O`rta er dengizida Portugaliya bayrog`i o`rnatilgan “Eykos” nomli kema qo`lga olindi va unda 18 tonna giyohvand modda borligi aniqlandi. Bu haqda Ispaniyaning 20 minutos yangiliklar portali isapniya moliya vazirligi manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Baliq ovlovchi kema ekipaji a`zolari kemadagi moddalarni yoqib yuborishga urinishgan va natijada yong`in kelib chiqqan. Ikki dengizchi kuchli kuyish oqibatida jarohatlangan va ular vertoletda kasalxonaga etkazildi.
Yonayotgan kema giyohvand moddani musodara qilish maqsadida Almeriya bandargohiga yuborildi. Ayni paytda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.





