Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti ARMda kitoblarni QR-kodlar yordamida maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish hamda o`qish imkoniyati yaratildi.
Barcha kitoblar arm.navoiy-uni.uz saytidan yuklab olinmoqda. Maxsus kod orqali yuklab olish mumkin bo`lgan adabiyotlar ro`yxati muntazam ravishda kengayib boradi.
Mazkur qulay imkoniyat talabalarning qimmatli vaqtlarini tejashga va bo`sh vaqtlarini ko`proq kitob mutolaasiga yo`naltirishlariga imkon berishi tabiiy.






