Janubiy Afrikaning Kryuger milliy parkida epchil to`ng`iz ettita arslonni dog`da qoldirdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Qurib qolgan daryo bo`yida ettita asrlon go`yo o`lja poylaganday alang-jalang qilib turishardi. Shu dam o`zanga bir to`ng`iz yaqinlashadi. U chanqog`ini qondirish uchun daryo labiga yaqin keladi.
To`ng`iz xavfni sezgach, qochishga tushadi va o`zi tomon yugurib kelayotgan arslonlar orasidan chaqqonlik bilan o`tib ketdi va ulardan qutulishga muyassar bo`ldi. Arslonlar esa “qo`llarini yuvib, qo`ltiqlariga artishdi”.






