AsosiyJamiyat

“Botanika bog`i” shanba va yakshanba kunlari ham yurtimiz aholisiga xizmat ko`rsatadi

'“Botanika bog`i” shanba va yakshanba kunlari ham yurtimiz aholisiga xizmat ko`rsatadi'ning rasmi

Kecha, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi “Botanika bog`i”da tantanali bayram marosimi o`tkazildi. Kun davomida bog` hududidan o`rin olgan urush davriga oid harbiy texnikalar, qurol-aslaha hamda o`sha davrni o`zida ifodalagan ko`rgazmalar namoyish etildi.

Respublika aholisiga qulaylik yaratish maqsadida bog` hududiga shanba va yakshanba kunlari (11—12 may) soat 10:00 dan bepul kirib-chiqish ta`minalanadi. Shu kunlarda bog` hududidan o`rin olgan barcha ekspozisiyalar to`lig`ligicha faoliyat ko`rsatadi.

Hozirda bog`da hamyurtlarimiz uchun Ikkinchi jahon urushi davriga oid “T-34”, “IS-2” tanklari, o`ziyurar artilleriya qurilmalari, Shoahmad Shomahmudovning oilasiga bag`ishlangan ekspozisiya, urush yillarida faoliyat olib borgan qishloq kengashi binosi, zirhli va harbiy avtomobil namunalariva boshqa shu turdagi ko`plab installyasiyalar o`rin olgan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar