Hindiston Arxeologiya xizmati to`rt ming yillik tarixga ega dahmani topdi, deb xabar berdi News.day.az nashri.
Dahmada turli artefaktlar bilan ikki jasadning qoldiqlari borligi aniqlangan.
Dahma Uttar-Pradesh shtati yaqinidan topilgan. Qabrlar Xarappa davriga borib taqaladi.
Qabrlar atrofida, shuningdek, o`sha davrga oid turli jihoz va aslahalar ham topilgan.






