AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyatida “Motamsaro ona” haykalining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi

'Qashqadaryo viloyatida “Motamsaro ona” haykalining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yangi barpo etilgan “Motamsaro ona” haykalining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Marosimda Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro`ziev, Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondonligi hamda viloyat Yoshlar ittifoqi kengashi vakillari ishtirok etdi. Tadbir ko`tarinki ruhda o`tkazilib, urush faxriylariga yuksak ehtirom ko`rsatildi.

So`zga chiqqanlar butun dunyoda millionlab insonlar halok bo`lishiga sabab bo`lgan, mislsiz yo`qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg`in bo`lganini, mash`um urushda yarim milliondan ziyod o`zbekistonlik halok bo`lganini xalqimiz hech qachon yodidan chiqarmasligini ta`kidladilar.

Qarshi garnizoni harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuy-qo`shiqlar barchani raqsga tushishga majbur etgan bo`lsa, urush davriga oid sahna ko`rinishlari ko`pchilikning ko`ziga yosh keltirdi.

Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga O`zbekiston Prezidenti nomidan sovg`alar topshirildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar