AsosiyJamiyat

O`zbekistonda «Qozog`iston ta`lim kunlari» o`tkaziladi

'O`zbekistonda «Qozog`iston ta`lim kunlari» o`tkaziladi'ning rasmi

2019 yilda O`zbekistonda Qozog`iston yili deb e`lon qilinishi munosabati bilan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Qozog`istonning yurtimizdagi elchixonasi hamkorligida “Qozog`iston ta`lim kunlari” deb nomlangan ko`rgazmalar tashkil etiladi.

“Qozog`iston ta`lim kunlari” ko`rgazmalari shu yilning 10-21 may kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Nukus shaharlarida bo`lib o`tadi:

Toshkent shahrida 10-11 may kunlari Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi (Yakkasaroy tumani, Bobur ko`chasi 45-uy)da;

Samarqand shahrida 13-14 may kunlari Yoshlar markazida;

Qarshi shahrida 15-16 may kunlari Yoshlar markazida;

Buxoro shahrida 16-17 may kunlari Yoshlar markazida;

Nukus shahrida 20-21 may kunlari Yoshlar markazida.

Ko`rgazmalar soat 10:00 dan 17:00 gacha faoliyat ko`rsatadi. Ularda Qozog`istonning 40 dan ortiq OTM vakillari ishtirok etadi.

Tadbirlarda Qozog`iston Respublikasining oliy ta`lim bo`yicha imkoniyatlari namoyish etilib, mamlakatning etakchi ekspertlari tomonidan taqdimotlar o`tkaziladi.

Ko`rgazmalarga kirish bepul, unda barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar