AsosiyJamiyat

Xotira - abadiy, qadr - muqaddas!

'Xotira - abadiy, qadr - muqaddas!'ning rasmi

Buxoroda erta tongdan 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan tantanalar boshlandi. Unda viloyat hokimligi mutasaddilari, urush faxriylari, Markaziy okrun qo`mondonligi hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari saf tortib, “Motamcaro ona” haykali poyiga gullar qo`yishdi.

Tadbir avvalida so`z olgan viloyat hokimi O`ktam Barnoev, ulug` Vatan urushida qozonilgan g`alabani qo`lga kiritishda mardlik va jasorat ko`rsatgan faxriylarni, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizni samimiy tabrikladi.

Unda viloyat bojxona boshqarmasi boshlig`i Doniyor Salimov boshchiligida bir guruh bojxonachilar ham ishtirok etishib, ona vatan tinchligi yo`lida jon fido etgan yurtdoshlarimiz xotiralarini yod etishdi.

Tadbirda Ikkinchi jahon urushi davridagi kompozisiyalar installyasiyasi, jumladan, urush yillari qo`shiq va musiqalari ijro qilindi.

Eng muhimi unga tashrif buyurgan yosh avlod qalbida bugungi osoyishta kunlarga o`zbek xalqi ne-ne mashaqqatlarni engib erishganligi va buning qadriga hamisha etib yashash lozimligi turli sahna ko`rinishlari misolida tushuntirib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar