Prezidentimizning joriy yil 23 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida Xorazm viloyatida ham qator tadbirlar o`tkazilmoqda.
O`zAning xabar berishicha, Xiva shahrida viloyat hokimligi, mudofaa ishlari boshqarmasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda faol va ko`ngilli yoshlar ishtirokida jami 10 mingdan ortiq milliy bayrog`imiz ramzi tushirilgan “Sharaf lentasi” yurtdoshlarimiz va chet ellik sayyohlarga tarqatildi.








