Bangladeshning "Biman" aviakompaniyasiga tegishli samolyot Myanma aeroportida halokatga uchradi.
news.liga.net agentligi ma`lumotlariga ko`ra, Yangona xalqaro aeroporti qo`nish yo`lagida harakatlanayotgan samolyot uch qismga bo`linib ketgan. Hozircha jabrlanganlar haqida ma`lumot yo`q.
Ayni vaqtda samolyot halokatga uchragan aeroport yopib qo`yilgan.
Manbaning xabariga ko`ra, samolyot bortida 33 nafar yo`lovchi bo`lgan.






