Ganada dafn marosimi ishtirokchilari raqsga tushishdi, deb xabar berdi The Pulse nashri.
Janoza bog`ichini bog`lab olgan to`rt erkak elkalarida tobut bilan o`rtaga chiqishadi. Ular musiqa sadolari ostida oldinga yura boshlaydilar va joylarida to`xtab, burilishga harakat qilishadi. Ammo bu manyovr o`xshamay qoladi: tobut erga qulaydi va ag`dariladi.
To`rt tomondan ularga yordamga shoshishadi. Lekin hech kim tobutni qayta elkaga olmadi.






