AsosiyJamiyat

Harbiy xizmatchilarimiz xalqaro musobaqada birinchilikni qo`lga kiritdi

'Harbiy xizmatchilarimiz xalqaro musobaqada birinchilikni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Shimoliy-g`arbiy harbiy okrug jamoasi Xalqaro “Kombat” assosiasiyasi tomonidan Samarqand shahrida “Kombat aykido” sport turi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag`ishlab o`tkazilgan O`zbekiston ochiq turnirida birinchilikni egalladi.

Musobaqa to`rtta — “Nokdaun (B)”, “Full kontakt (A)”, “Kurash” hamda “Professional” yo`nalishlari bo`yicha o`tkazildi.

“Nokdaun (B)” yo`nalishi bo`yicha 1-o`rin shartnoma asosidagi oddiy askar Isroiljon Mamajonovga nasib etgan bo`lsa, “Professional” yo`nalishda shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Elyorbek Mirkomilovga bas keladigani topilmadi. Elyorbek faxrli 1-o`rinni egallab, chempionlik kamari sohibi bo`ldi.

Yakuniy natijalarga ko`ra katta leytenant Rustamjon Bobojonov rahbarlik qilayotgan ShG`HO sport vzvodi umumjamoa hisobida faxrli 1-o`rinni egalladi.

G`olib ishtirokchilar munosib kutib olinib, Nukus garnizoni Ma`naviyat va ma`rifat markazida qo`mondonlik tomonidan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar