2019 yil may oyi mamlakatimizda «Sport oyligi» deb e`lon qilindi. Shu munosabat bilan hamda 9 may «Xotira va qadrlash kuni»ga bag`ishlab Jizzax viloyati Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabida Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi sovrini uchun «Badiiy gimnastika» bo`yicha viloyat birinchiligi o`tkazildi.
O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy saytida keltirilishicha, Musobaqada Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari sport maktabi, shuningdek, Arnasoy, Sh.Rashidov va Paxtakor tumanlaridan 2003 yilda tug`ilgan hamda undan kichik yoshdagi 90 nafardan ziyod sport malikalari ishtirok etdilar.
Bahslar «Yakka tartib dasturi asosida» 4 tur, «Jamoaviy dastur asosida» 2 turda o`tkazildi.


Yakuniy natijalarga ko`ra, jamoaviy dastur bo`yicha viloyat Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o`smirlar sport maktabi 1-o`rinni, Paxtakor tumani 2-o`rinni, Sh.Rashidov tumani jamoasi 3-o`rinni egalladi.
G`olib sportchi va jamoalar viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan ta`sisi etilgan diplom va medallar bilan taqdirlandilar.






