AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Ibn Sino nomidagi xalqaro tibbiyot olimpiadasi va ilmiy tanlovi o`tkaziladi

'O`zbekistonda Ibn Sino nomidagi xalqaro tibbiyot olimpiadasi va ilmiy tanlovi o`tkaziladi'ning rasmi

2019/2020-o`quv yilidan tibbiyot va farmasevtika kadrlarini tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta`lim jarayonlariga o`qitishning kredit-modul tizimi joriy etiladi. Bu Prezidentning «Tibbiyot va farmasevtika ta`limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi» qarorida ko`zda tutilgan.

Ehtiyoj yuqori bo`lgan tor mutaxassisliklar bo`yicha shifokorlar bir yildan kam bo`lmagan muddatda birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida tayyorlanadi.

2019 yil 1 dekabrgacha Sog`liqni saqlash vazirligining rasmiy saytida «Uzluksiz kasbiy ta`lim» maxsus portali yaratiladi. Mazkur portal malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ta`lim olayotgan har bir tibbiyot va farmasevtika xodimini monitoring qilish va o`qitish hajmini shaxsiy hisobga olish imkoniyatini ta`minlaydi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi, ikkinchi va uchinchi klinikalari negizida Toshkent tibbiyot akademiyasining Ko`p tarmoqli klinikasi hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy ta`lim muassasalarida o`quv-simulyasion markazlari tashkil etiladi.

2019/2020-o`quv yilidan Sog`liqni saqlash vaziri tasdiqlaydigan ro`yxatga ko`ra, respublikaning olis va etib borish qiyin bo`lgan hududlaridagi birlamchi sog`liqni saqlash bo`g`inlarida uch yildan kam bo`lmagan muddat ishlab bergan shifokorlarga klinik ordinaturaga kirishda yig`ilgan ballar summasidan 30 foiz miqdorida qo`shimcha ballar beriladi.

2020 yildan har yili tibbiyot va farmasevtika talabalari va tibbiyot kollejlarining o`quvchilari orasida klinik fanlar bo`yicha Ibn Sino nomidagi xalqaro tibbiyot olimpiadalari, shuningdek, yosh olimlar orasida Ibn Sino nomidagi xalqaro ilmiy tanlovlar o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar