Toshkent shahar IIBB xabar qilishicha, muborak Ramazon oyi kunlarida har kuni soat 20.00 dan 24.00 gacha qator ko`chalar transport vositalarining harakati uchun berkitiladi.
Ko`chalar ro`yxati:
1. Olmazor tumani:
Keles ko`chasi – Noraztepa ko`chasidan Sog`bon ko`chasi, 2-berk ko`chasigacha;
2. Sergeli tumani:
Qipchoq ko`chasi - Yangi Sergeli ko`chasidan temiryo`l o`tish joyi va U. Mahmudov ko`chasigacha;
3. Uchtepa tumani:
Lutfiy ko`chasi - Katta Xirmontepa ko`chasidan Katta Qani ko`chasigacha;
4. Chilonzor tumani:
Al-Xorazmiy ko`chasi- Katta Xirmontepa ko`chasidan Katta Qani ko`chasigacha;
5. Shayxontohur tumani:
Mannon Uyg`ur ko`chasi - Nurafshon ko`chasidan Beshqayrag`och ko`chasigacha va Oqsoy ko`chasining bir qismi;
6. Yakkasaroy tumani:
Yakkasaroy ko`chasi - Bog`ibo`ston ko`chasidan S. Nasafiy ko`chasigacha;
7. Yashnobod tumani:
Farg`ona yo`li ko`chasiga tutashgan ikkinchi darajali yo`l - M. Ashrafiy ko`chasidan Norxo`jaev ko`chasigacha.
“Barchadan muborak Ramazon oyi kunlarida avtotransport vositalarni masjidlar yonida boshqalarning yo`lini to`sgan holda qoldirmasdan, Toshkent shahar hokimligi va IIBB tomonidan maxsus tashkillashtirilgan joylarda qoldirishni so`raymiz. Imkon qadar shahar jamoat transportlari xizmatlaridan foydalanishingizni so`rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.






