AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi: Navoiyda “Har bir oila-tadbirkor” dasturining amaldagi ijrosi qanday?

'Adliya vazirligi: Navoiyda “Har bir oila-tadbirkor” dasturining amaldagi ijrosi qanday?'ning rasmi

Adliya vaziri o`rinbosari A.Tashkulov hamda ATB “Turon bank” raisi Ch.Mirzaev rahbarligidagi ishchi guruhtomonidan Navoiy viloyatidagi sektorlar kesimida mahallalarda ochiq muloqotlar o`tkazildi. Unga ko`ra,Navoiy shahridagi 4 ta sektorda “Har bir oila-tadbirkor” dasturiniamalga oshirish yuzasidan aholi, jumladan kam ta`minlangan,ishsiz fuqarolar, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlari bilan ochiq muloqot formatida uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda 300 ga yaqin fuqarolar qatnashib, ishtirokchilarga dasturning mazmun-mohiyati, hududda dasturning ijrosini tashkil etishda yo`l qo`yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi orasida tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, dasturga ko`ra bank krediti asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida yurgan fuqarolargabu borada amaliy ko`mak berish choralari ko`rildi.

Uchrashuvlarda bildirilgan 32 ta murojaat joyida hal etilib, 21 tasiga huquqiy tushutirish berilib, ishtirokchilarga dasturning mazmun-mohiyati sodda tilda aks ettirilgan 200 dan ziyod buklet va flaerlar tarqatildi.

Jumladan, Navoiy shahar “Me`mor” MFYda yashovchi fuqaro S.A`zamov oilaviy korxona asosida oyoq kiyim ishlab chiqarish korxonasi ochmoqchiligini, bu soha bo`yicha Turkiya davlatida tajriba orttirib kelganligini bildirib, tadbirkorlikni yo`lga qo`yishda kredit ajratish bo`yicha murojaati ijobiy hal etildi, fuqaroga ATB Milliy bank Navoiy viloyat filiali tomonidan 500 mln kredit ajratiladigan bo`ldi. Shuningdek, Fuqaro M.Yo`ldoshevaga dastur asosida go`zallik saloni va tikuvxona ochish uchun kredit ajratish bo`yicha murojaati qanoatlantirilib, Agrobank Navoiy viloyat filiali tomonidan kredit ajratilishi ma`lum qilindi.


    Boshqa yangiliklar