AsosiyJamiyat

​TATUda qirg`izistonlik maktab o`quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o`tkazildi

'​TATUda qirg`izistonlik maktab o`quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o`tkazildi 'ning rasmi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Qirg`iziston Respublikasining Botkent viloyati o`rta maktab o`quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o`tkazildi. Bu haqda Toshkent axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qo`shni mamlakat o`quvchilariga bugungi kunda universitatning ilmiy salohiyati, talabalar hayoti, o`quv jarayoni, labaratoriyalar haqida batafsil ma`lumot berildi. Bundan tashqari, maktab o`quvchilari ushbu oliygohga o`qishga kirishlarini xohlashsa, albatta, yanada keng imkoniyatlar yaratilib berilishi aytib o`tildi.
Shuningdek, ochiq eshiklar kunida Qirg`iziston Respublikasining “Nur elet” Yoshlar ittifoqi aʼzolari ham ishtirok etishdi.

    Boshqa yangiliklar