Oklaxomalik 330 kilogrammli erkak bir yil ichida ikki barobarga ozdi, deya xabar qilmoqda Daily Mail nashri.
Kaylas Givens (Cillas Givens) bolaligidan semirishga moyil edi. Vazni naq 330 kiloga etgach, u bilan hatto rafiqasi va uch farzandi ham gaplashmay qo`yadi. Bir joyda o`tirib, kislorod niqobi orqali nafas oladi.
Shundan so`ng Kaylas ozishga qaror qilib, jarroh Yunan Novzaradanga murojaat etadi va uni darhol gospitalga yotqizishadi.
Oradan bir oy o`tib, Givens 96 kiloga ozadi. Keyin esa fizioterapiya yordamida yana 123 kilogrammdan xalos bo`ladi.
Givens oilasiga qaytish uchun ozishda davom etdi. Nihoyat, uning vazni 142 kilogrammga tushdi.






