O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 6 may kuni Farg`ona viloyatiga jo`nab ketdi.
Tashrif davomida tumanlarga sanoatni olib kirish, aholini ish bilan ta`minlash va yoshlar masalalariga alohida e`tibor qaratiladi. Shu maqsadlarga xizmat qiladigan korxonalar faoliyati bilan tanishish, yangi iqtisodiy loyihalarni belgilash rejalashtirilgan.






