AsosiyDunyo

AQShda samolyot daryoga quladi (Video)

'AQShda samolyot daryoga quladi (Video) 'ning rasmi

Florida shtatining Jeksonvill shahrida Boeing 737 samolyoti daryoga quladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Samolyot bortida 136 nafar yo`lovchi bo`lgan.

Miami Air aviakompaniyasiga tegishli layner AQShdan Kubaga parvozni amalga oshirayotgan payt o`z yo`nalishidan adashgan va daryoga qulagan. Xayriyatki, samolyot sayoz suvga qulagan.

Aviahalokat oqibatida hech kim qurbon bo`lmagan va jabrlanmagan. Yo`lovchilar zudlik bilan damlama kostyumlar orqali quruqlikka olib chiqilgan.

Boshqa yangiliklar