Rossiyada bo`lib o`tayotgan MMA chempionatda ommaviy mushtlashuv yuz berdi, deb xabar bermoqda Day.Az nashri.
Moskvaning “Dinamo” sport saroyida bo`lib o`tayotgan chempionatning janglaridan birida ommaviy janjal sodir bo`lgan. Mushtlashuvda jangchilar, ularning murabbiylari ishtirok etgan.
Janjal sababi hozircha noma`lum. Ammo unda ishtirok etganlarga jazo qo`llanishi aytib o`tildi.






