AsosiyJamiyat

Milliy gvardiya Qo`riqlash xizmati do`konga o`g`irlikka tushgan shaxsni qo`lga oldi

'Milliy gvardiya Qo`riqlash xizmati do`konga o`g`irlikka tushgan shaxsni qo`lga oldi'ning rasmi

Joriy yilning 30 aprel kunidan 1 mayga o`tar kechasi soat 01:07 da Mirzo Ulug`bek tumani X.Abdullaev ko`chasi 75A-uyda joylashgan “Saf-Savdo” MChJ do`konidan Milliy gvardiya Qo`riqlash boshqarmasi Monitoring markaziga “tashvish” xabari kelib tushgan.

Kelib tushgan xabar zudlik bilan Mirzo Ulug`bek tumani 1-sonli Tezkor harakatlanuvchi guruhga etkazilgan.

Voqea joyiga 4 daqiqada etib borgan Milliy gvardiya Qo`riqlash xizmati xodimlari tomonidan “Saf-Savdo” MChJ do`koni kirish eshigining past oyna qismini sindirish yo`li bilan ichkariga kirgan noma`lum shaxs, oziq-ovqat mahsulotlarini o`g`irlab, voqea joyidan yashirinmoqchi bo`lganida qo`lga olinib, tumandagi 1-son IIBB ga topshirilgan.

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida ushbu noma`lum shaxs 1980 yilda tug`ilgan Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida yashovchi D.V. ismli fuqaro ekanligi aniqlangan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar