AsosiyDunyo

Ozarboyjonlik haydovchi qo`lida rul va qalam bilan shahar manzarasini qog`ozga tushiradi (Video)

'Ozarboyjonlik haydovchi qo`lida rul va qalam bilan shahar manzarasini qog`ozga tushiradi (Video) 'ning rasmi

Moskvada ozarboyjonlik rassom-taksichi ishlaydi, deb xabar qilmoqda MIR 24 nashri.

Haydovchi Eldaniz Abdullaevga navigatorning keragi yo`q. Negaki u Moskva ko`chalarini besh qo`lday biladi. U Moskvadagi diqqatga sazovor joylarni bir necha marotabalab aslidagidek qilib, qog`ozga tushirgan. Eldaniz bu mashg`ulotini katta tirbandlik payti amalga oshiradi. Uning suratlarida shahar manzaralari, ba`zida esa faylasufona chizgilar aks etadi.

Rassom-taksichining suratlarini ko`pincha mijozlar sotib olishadi. Demakki, oddiy haydovchi rul va qalam ushlagan holda bir o`q bilan ikki quyonni uradi.

So`nggi bir yil ichida Eldaniz 100 dan ortiq peyzajlarni chizgan.

Boshqa yangiliklar