Xitoyning Xebey provinsiyasida kuchli shamol batutdagi bolalarni uchirib yubordi, deb xabar berdi Sina portali.
Buning oqibatida ikki bolakay halok bo`ldi. Yana etti bolakay qattiq jarohatlandi.
Falokat Szyuymayuan maydonida yuz bergan. Kuchli shamol ikki qavatli uyga teng puflama qasrni ag`darib yuborgan. Uning ichida bolalar bo`lgan. Yordamga shoshganlar qutqaruvchilar kelguncha mustaqil ravishda kattakon konstruksiya ichidagi bolalarni tashqariga olib chiqisha olmagan.






