AsosiyDunyo

Polshada 750 yoshli eman daraxti yonib ketdi

Polshada sodir bo`lgan yong`in natijasida 750 yoshli emanga zarar etdi. Bu daraxt mamlakatdagi eng yoshi ulug` daraxt hisoblanadi, deya xabar bermoqda Associated Press. Taxmini ma`lumotlarga ko`ra, daraxtni ataylab yoqib yuborishgan.

Shportava bosh o`rmonchisining yordamchisi Eji Vilanovskining (Jerzy Wilanowski) aytishicha, yong`inni 30 soat davomida o`chirishgan.

Daraxtning balandligi 25 metrdan ko`proqni tashkil etgan. Mahalliy qonunlarga ko`ra, eman daraxtini yoqqan odamni 10 yillik qamoq jazosi kutib turibdi.

    Boshqa yangiliklar