Tayland qiroli Maxa Vachiralongkorn (Rama X) general Sutxida Vachiralongkornga uylandi, deya ma`lum qilmoqda South China Morning Post nashri.
Shundan so`ng qirol generalni qirolicha, deya e`lon qilgan.
Monarxning turmush o`rtog`i Qirollik gvardiyasining maxsus bo`limida xizmat qilgan va Thai Airwaysning bort kuzatuvchisi bo`lgan.
Tayland qiroli 2016 yili otasi qirol Pxumipxon Adul`yadet (Rami IX) ning vafotidan so`ng taxtga o`tirgan.






