AsosiyJamiyat

Beton qoradigan mashina sisternasiga yashirilgan avtoulov ehtiyot qismlari fosh qilindi

'Beton qoradigan mashina sisternasiga yashirilgan avtoulov ehtiyot qismlari fosh qilindi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holati o`z vaqtida aniqlanib, bartaraf qilindi.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizga kirib kelgan “Kamaz” rusumli beton qorish uchun mo`ljallangan avtoulov belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Tekshiruv jarayonida, fuqaro K.A.ga tegishli bo`lgan avtoulovning beton qorish uchun mo`ljallangan sisternasi ichida bojxona nazoratidan yashirilgan 25 million so`mlik “Kamaz” avtoulovining ehtiyot qismlari mavjudligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar