Superjosus Jeyms Bond roli ijrochisi britaniyalik aktyor Deniel Kreyg yangi filmlarda superjosus roliga ayol aktrisa qabul qilinishi mumkiligini ta`kidlab o`tdi, deya xabar qilmoqda News.day.az nashri.
Kreygning aytishicha, Bond haqidagi keyingi film uning bu personaj borasidagi so`nggi kartinasi bo`ladi. Keyingi yillarda film muxlislari Bond rolini afroamerikalik (masalan, Idris Elba) yoki ayol aktrisa (masalan, Emili Blant yoki Jillian Anderson) ijro etishini kutishmoqda.
Jeyms Bond haqida 25 film suratga olinish jarayonida. Asosiy yovuz rolini Rami Malek ijro etadi.






