Germaniya hamda Evropa Ittifoqining etakchi sayyohlik kanallaridan biri «Sonnenklar.TV» O`zbekistonga sayohatni targ`ib qilishni boshladi. Bu haqda Turizmni rivojlatirish davlat qo`mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bu jarayon 2019 yil oxiriga qadar nemis va boshqa Evropa mamlakatlari tomoshabinlariga keng va maqsadli axborotni taqdim etishga mo`ljallangan bo`lib, sayyohlik imkoniyatlari, mamlakatning tarixiy shaharlari va jahonga mashhur turistik markazlariga keng va maqsadli axborot taqdim etishga mo`ljallangan. «Sonnenklar.TV» telekanali har oyda 40 milliondan ziyod uy xo`jaliklari hamda 41 millionga yaqin onlayn auditoriyaga ega.

O`ylaymizki, Germaniya hamda Evropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari o`rtasidagi hamkorlik natijasida yil yakuniga qadar O`zbekistonga minglab sayyohlarning tashrif buyurishiga erishiladi.






