AsosiyJamiyat

Bojxonachilar Sergelidagi xonadonda 100 million so`mlik sifati kafolatlanmagan mahsulot saqlanayotganligini fosh etishdi

'Bojxonachilar Sergelidagi xonadonda 100 million so`mlik sifati kafolatlanmagan mahsulot saqlanayotganligini fosh etishdi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida sifati kafolatlanmagan biologik faol qo`shimchalar saqlanayotgan xonadon fosh etildi.

Tadbirda Sergeli tumanida yashovchi fuqaro A.S.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, fuqaroning uyida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday tegishli hujjatlari bo`lmagan hamda davlat tilida markirovka qilinmaganqiymati 100,5 million so`mlik 521 dona biologik faol qo`shimchalar qayta sotish uchun qonunga xilof ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar