AsosiyJamiyat

Bojxonadan berilgan imtiyozdan noo`rin foydalanishga bo`lgan urinish fosh etildi

'Bojxonadan berilgan imtiyozdan noo`rin foydalanishga bo`lgan urinish fosh etildi 'ning rasmi

Bojxona organlarining asosiy vazifasi davlatimiz iqtisodiyotini mustahkamlash barobarida ichki bozorlarimizda narx barqarorligini saqlash hamdir. Shu maqsadda yurtimizga kirib kelayotgan har bir tovar moddiy boyliklari jiddiy nazoratdan o`tkaziladi.

Yaqinda ham Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari viloyat hududida faoliyat ko`rsatuvchi tadbirkorlik sub`ekti nomiga xorijiy kompaniya tomonidan yuborilgan tovarlarni bojxona nazoratidan o`tkazishdi. Bir qarashda barchasi binoyidek, mazkur tovarlar davlatimiz rahbarining2018 yil 2 fevraldagi PF-5194-sonli Farmoyishi asosida bojxona to`lovlaridan imtiyoz qo`llanilgan holda “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun ro`yxatga olingan.

Ammo, masalaga jiddiy yondashgan bojxonachilar bojxona yuk deklarasiyasida ko`rsatilgan tovar nomi bilan asl tovarlarning o`zaro mutanosibligini tekshirish maqsadida Toshkent to`qimachilik va engil sanoat institutiga murojaat etishdi. Natijada, tovarlardan olingan namunalar va hujjatda nomi keltirilgan tovarlar o`zaro bir xil emasligi o`z tasdig`ini topdi.

Mazkur holat yuzasidan jami 497, million so`m qo`shimcha bojxona to`lovlari xisoblanishi lozimligi aniqlandi va tekshiruv ishlari boshlab yuborildi.

    Boshqa yangiliklar