AsosiyDunyo

Bokuda Messining qiyofadoshi topildi (Video)

'Bokuda Messining qiyofadoshi topildi (Video) 'ning rasmi

Ozarboyjonning Boku shahrida argentinalik futbolchi Lionel Messining qiyofadoshi istiqomat qilishi ma`lum bo`ldi, deya xabar qildi MIR 24 nashri.

Ozarboyjonlik Royal Agamalievning tashqi ko`rinishi Messiga shunchalik o`xshashki, endilikda u “ozarboyjonlik Messi” deb atala boshladi.

Silliq jag`, qirg`iy nigoh va past bo`y afsonaviy Messini yodga soladi.

Endilikda ozarboyjonlik Messi argentinalik futbolchi kabi yulduzga aylangan. U Boku ko`chalari bo`ylab tinmay dastxatlar yozib beradi, esdalik uchun fotosuratga tushadi.

Bokulik Messi haydovchi bo`lib faoliyat yuritadi. Uning eng katta orzusi – chinakam Lionel Messi bilan uchrashib, argentinalik yulduzni Ozarboyjon bo`ylab sayr qildirishdir.

Boshqa yangiliklar