Voleybolchi Jaklin Karvalyu Braziliya superligasi matchi paytida intervyu berayotib hushdan ketdi, deb xabar qildi Day.Az nashri.
Sportchi qiz “SESI San-Paolo” va “EMS Taubate” jamoalari o`rtasida kechayotgan match payti jurnalistlarga intervyu berayotgan edi. Kutilmaganda Jaklinning ko`zlari yumilib, yonboshga yiqiladi. Uni operator va muxbir ushlab qoladi. O`sha zahotiyoq Jaklinga tibbiy yordam ko`rsatildi. Ma`lum bo`lishicha, uning qon bosimi keskin tushib ketgan ekan.
Jaklin Karvalyu – voleybol bo`yicha Braziliya terma jamoasi tarkibida ikki karra Olimpiada chempioni bo`lgan.






