AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vazirligi yo`l transport hodisasi bo`yicha bayonot berdi

'Sog`liqni saqlash vazirligi yo`l transport hodisasi bo`yicha bayonot berdi'ning rasmi

Joriy yil 29 aprel kuni soat 01.44da O`rta Chirchiq tumani hududidan o`tuvchi 4R20 avtomobil yo`lining 6-kilometrida “Mersedes-bens” rusumli avtobus yo`ldan chiqib ketib, avtohalokatga uchragan.

Natijada avtobus ichida 53 ta yo`lovchidan 27 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Jarohatlanganlarga Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga mos ravishda zudlik bilan tekshiruvlardan o`tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Ulardan 19 nafariga ambulator yordam ko`rsatilib, uyiga javob berilgan. Yana 2 nafari Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, uyiga ruxsat berilgan. Ular potranaj xizmatiga nazoratiga olingan. Qolgan 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Travmatologiya va Shoshilinch xirurgiya bo`limlariga yotqizildi. Ularning ikki nafari: 54 yoshli Asqad Kobilov va 2,5 yoshli Robiya Ma`murboeva muvaffaqiyatli operasiya qilindi. Ayni paytda jarohatlangan bemorlar o`zlarini yaxshi his qilishmoqda.

Bundan tashqari, ushbu yo`l transport hodisasi ishtirokchisi bo`lgan barcha yo`lovchilarning xonadonlariga borildi, ahvolidan xabar olinib, ularni tibbiy ko`rikdan o`tkazish ishlari tashkil etilgan.

Barcha bemorlar Sog`liqni saqlash vazirligi nazoratida.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

    Boshqa yangiliklar