Avstraliyaning “Brisben Roar” futbol klubi yarim himoyachisi “Adelaida Yunayted”ga qarshi kechgan matchda alohida uslubi bilan ajralib turdi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
“Brisben” futbolchilari matchning 59-daqiqasida o`zlariga penalti ishlab olishdi. To`pning yoniga Boteak keldi. O`yinchi uzoqdan yugurib keladi, darvozabon esa Boteak to`pni zarb bilan burchakka tepadi, deb o`ylaydi. Buning o`rniga yarim himoyachi to`pni astagina darvozaning markaziga yo`llaydi va gol uradi.
Shunga qaramay, “Brisben” jamoasi 3:5 hisobida matchni boy berishdi.






