Angliyaning Sautport shahrida istiqomat qiluvchi 160 kilogrammli ayol alkogol ichimliklaridan voz kechib, ikki barobarga ozdi, deya xabar bermoqda The Liverpool Echo nashri.
Viki Xarrison (Vicky Harrison) bolaligidagi og`ir xotiralardan qutulish uchun juda katta miqdorda pivo va jin iste`mol qilar edi.
Barchasi 44 yoshli ayol “Gudison park” stadionidagi matchni tomosha qilgani borganida o`zgaradi.
Angliyaning “Everton” klubi volontyorlaridan biri Vikining qo`lida shubhali chandiqlarni ko`rib qoladi. U ayolga psixologik jarohatlari bo`lgan odamlarga ko`mak beradigan Girls On Side klubiga borishni maslahat beradi.
Shundan so`ng madad klubi Vikining hayotini tubdan o`zgartiradi. Xarrison sport bilan shug`ullanib, ichishni tashlaydi va natijada 89 kilogrammga ozadi.






