AsosiyDunyo

Bolakay buvisining qabriga gul qo`yish uchun o`nlab mashinalarni yuvib chiqdi

'Bolakay buvisining qabriga gul qo`yish uchun o`nlab mashinalarni yuvib chiqdi 'ning rasmi

Etti yoshli Eshton Myurrey (Ashton Murray) marhuma buvisining dafn marosimida qabrga guldasta uchun o`zi mustaqil ravishda pul ishlab topishga qaror qildi, deya xabar qilmoqda Sunderland Echo nashri.

Myurrey ota-onasining yordamida buvisi Brenda Xasbendning qabriga qo`yiladigan guldastaga pul to`plash uchun avtomobillarni yuvmoqchi bo`ldi. Oila o`z uylarining yoniga karton quti qo`yishdi va unga: “Ikki funt sterlingga mashinangizni yuvib beraman”, deb yozib qo`yishdi. Uning pastiga esa: “Men etti yoshdaman” degan yozuv ham bor edi.

Ilk 15 daqiqada hech qanday mashina to`xtamadi, ammo e`lon Feysbukka qo`yilgach, mijozlar turnaqator bo`lib ketdi. O`zida yo`q xursand Eshton eng shimarib ishga kirishib ketdi.

Alaloqibat, Eshton 100 funt sterling yig`ishga muvaffaq bo`ldi. Lekin bu pullarga guldasta sotib olinmadi. Negaki, Myurreylarning fikricha, agar buvilari hayot bo`lganida nevarasi bu pullarga foydali biron nima sotib olishni istagan bo`lardi.

    Boshqa yangiliklar