AsosiySport

Uzoq masofadan kiritilgan goldan sharhlovchi hayratga tushdi (Video)

'Uzoq masofadan kiritilgan goldan sharhlovchi hayratga tushdi (Video) 'ning rasmi

“Kayzer Chifs”ning zimbabvelik yarim himoyachisi Xama Billiat JAR kubogida alohida goli bilan ajralib turdi, deb xabar bermoqda Supersport nashri.

“Chippa Yunayted”ga qarshi kechgan matchda Billiat asosiy vaqt tugashiga uch daqiqa qolganda raqib darvozasini ishg`ol qildi. Yarim himoyachi naq 40 metrdan “Chippa Yunayted” darvozasiga gol kirita oldi. Shunda sharhlovchilardan biri sevinchini yashirolmay, baqirib yubordi va sal qolsa, ovozidan ayrilay dedi.

Uchrashuv 4:2 hisobida “Chifs” foydasiga hal bo`ldi.

Boshqa yangiliklar