AsosiySiyosat

O`zbekiston-Belarus hamkorligining yangi yo`nalishlari ko`rib chiqildi

'O`zbekiston-Belarus hamkorligining yangi yo`nalishlari ko`rib chiqildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pekin shahrida o`zi uchun ajratilgan qarorgohda 25 aprel kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o`tkazdi.

Belarus Prezidentining O`zbekistonga o`tgan yilgi rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, ularni sifat jihatidan yanada yuqori darajaga olib chiqqani va amaliy mazmun bilan boyitgani alohida ta`kidlandi.

Uchrashuvda ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil ko`rib chiqildi. Prezidentlar ikki mamlakat o`rtasida tovar ayirboshlash hajmi jadal ortayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Belarusning "Amkodor", "MAZ", "MTZ" va boshqa etakchi kompaniyalari bilan birgalikda sanoatning turli tarmoqlarida kooperasiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Mamlakatlarimiz hududlari o`rtasidagi almashinuvlar ancha faollashdi. Fan, texnologiyalar va ta`lim sohasida samarali hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Davlatlar o`rtasidagi mustahkam ishonch va hamkorlikning amaliy natijalariga erishishga qat`iy o`zaro intilish uni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. Bugun mamlakatlarimiz buning uchun zarur salohiyatga ega ekani qayd etildi.

Uchrashuvda o`zaro savdoni kengaytirish, mashinasozlik, qishloq xo`jaligi, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmasevtika, turizm sohalarida qo`shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, ta`lim, madaniyat va boshqa yo`nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar bo`yicha ham fikr almashildi.

Ikki davlat rahbari sheriklikning yangi yo`nalishlarini samarali rivojlantirish maqsadida turli darajadagi muloqotni faol davom ettirishga tayyor ekanini ta`kidladi.


    Boshqa yangiliklar