Shri-Lankada terakt oqibatida qurbon bo`lganlarni dafn qilish marosimlari bo`lib o`tmoqda, deb xabar qilmoqda NTV.ru nashri.
Kolombo shahrida o`tkazilayotgan marosimda qurbonlarning oila a`zolari hamda yaqinlari ishtirok etishmoqda. Hukumat xunrezlik oqibatida o`z yaqinlarini yo`qotgan oilalarga 6 ming dollar miqdorida tovon puli to`lanishini qayd etgan.
Xuquq-tartibot organlari ushbu terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda gumon qilinib, qo`lga olinganlar soni 40 nafarga etganini xabar qilmoqda.






