“Huawei” kompaniyasi o`zining joriy yilning birinchi choragidagi daromadini e`lon qildi, deya xabar berdi Gazeta.ru nashri.
Unga ko`ra, 2019 yilning birinchi uch oyligidagi sof foydasi yillik miqyosda 8 foizga o`sgan. Bu esa 26 milliard 800 million dollar degani. Kompaniyaning hisobotida ta`kidlanishicha, AQSh hukumatining bosimi hamda Vashington tomonidan rivojlanayotgan davlatlarda “Huawei”dan foydalanishni to`xtatishga bo`layotgan urinishlarga qaramay savdo o`sgan.






