23 aprel — “Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni” munosabati bilan “Forish” poligonida Markaziy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi hamda Jizzax viloyati harbiy ma`muriy sektori bilan hamokrlikda “Shaxs kamolotida kitobxonlik madaniyati” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda viloyat harbiy-ma`muriy sektor rahbariyati, okrug qo`shinlari qo`mondonligi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillari qatnashdi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar o`rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada shakllantirish, kitob insonning o`z ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajagini yorqin ko`rsatib borishga qodir mash`ala ekanligini tushintirish bo`yicha chiqishlar qilindi.
Uchrashuv davomida harbiy-ma`muriy sektor hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan “Forish” tog` dala poligoni kutubxonasi fondi uchun mingga yaqin jahon va o`zbek klassik adabiyoti namunalari sovg`a qilindi.






