Bojxona xodimlari tomonidan respublikamiz bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o`tilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Xususan, “G`ishtko`prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro X.G.ning qo`l yuklari belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada, uning qo`l sumkasining astari ichidan yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan 952 300 Rossiya rubli, 1 600 AQSh dollari, 127 200 Qozoq tengesi xorijiy valyutalari borligi ma`lum bo`ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






