Kecha, 20 aprel kuni turkiyalik harbiylar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Ular shu erning o`zidan hamkorlikdagi maxsus-taktik o`quv mashg`ulotlarda ishtirok etish uchun “Forish” poligoniga yo`l oldi.
Eslatib o`tamiz, 22—27 aprel kunlari “Forish” poligonida O`zbekiston—Pokiston—Turkiya hamkorligida maxsus-taktik o`quv mashg`ulotlari o`tkaziladi.
Mazkur o`quv mashg`ulotlari 2019 yilga mo`ljallangan O`zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o`rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.
Ma`lumot uchun, bugun kechasi Pokiston harbiy delegasiyasi ham Toshkentga uchib kelishi kutilmoqda.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati






