Shu kunlarda keng teletomoshabinlar orasida ommalashgan “Taxt o`yinlari” keng ko`lamli teleserialining yakunlovchi mavsumining ilk qismi namoyish etildi, deya xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Avstraliyada serialning sakkizinchi mavsumi namoyish etilgan kuni ko`plab kompaniyalarning xodimlari va hatto rahbarlari ishxonalariga qo`ng`iroq qilib, bugun ishga borolmasliklarini, negaki betob bo`lib qolishganini aytishgan. Bunga sabab “Taxt o`yinlari”ning premerasi Avstraliya vaqti bilan tongda namoyish etilgan. Teletomoshabinlar esa serialni kechasi bilan kutib chiqishgan edi.
Shu kuni Avstraliyada 500 ming kishi ishga bormagan.






