Xitoyda doktorlar bir bemorning elkasidagi 14, 9 kilogrammli anomal o`simtani olib tashlashdi, deya xabar berdi Daily Mail nashri.
68 yoshli Tan janoblarining elkasidagi o`simta 30 yildan ortiq vaqt mobaynida uzunasiga 85 santimetr, eniga 65 santimetrga etdi. Vrachlar uzoq vaqt davomida Tanning elkasidagi ushbu o`simtani olib tashlashdan bosh tortib kelishgan, negaki o`simtani jarrohlik yo`li bilan olib tashlash bemorning o`pka, umurtqa pog`onasi va bir necha arteriya tomirlariga salbiy ta`sir etishi mumkin edi.
Alaloqibat, kasalxonaga tushgan Tan janoblarini shifokorlar bir necha oy davomida tekshirishdi va imkon tug`ilgan mahal operasiyani amalga oshirishdi. Xayriyatki, bemor operasiyadan sog`-salomat chiqdi.






