AsosiyJamiyat

​Bojxonachilar “gashish”li shokoladni fosh etishdi

'​Bojxonachilar “gashish”li shokoladni fosh etishdi'ning rasmi

Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan kontrabanda, xususan bojxona nazoratidan yashirib giyovandlik vositalarini O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o`tkazilishining oldini olishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Jumladan, «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari narkotik moddalarni yashirin ravishda olib kirishga uringan shaxsni fosh qilishdi.

Poytaxt aeroportida “Dehli-Toshkent” reysi bo`yicha parvozini yakunlagan yo`lovchilardan biri S.N.ning bagaji belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, yuklar orasidagi plitkali shokolad bojxonachilarning diqqatini tortdi

Gap shundaki, gashish giyohvandlik moddasining ranggi va ko`rinishi shokoladga o`xshashligi bois, ushbu shaxs bojxona xodimlarining ko`zini shamg`alat qilishga urinib, bo`laklangan plitkali shokoladlar orasiga 1 bo`lak gashish giyohvandlik moddasini ham joylashtirib, olib o`tishga uringan ekan.

Ekspertlar xulosasiga ko`ra, to`q jigarrang rangli, o`tkir hidli mazkur modda - “gashish” giyohvandlik vositasi hisoblanib, og`irligi 2.52 gr.ni tashkil qilar ekan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar