Aylon Mask Jonni Depp va Ember Xyordning ishi bo`yicha sudga chaqirildi, deya xabar qilmoqda Page Six nashri.
Gap shundaki, bir vaqtlar SpaceX va aktrisa o`rtasida ishqiy sarguzashtlar bo`lib o`tgan edi.
Mask Jonni Deppning foydasiga guvoh sifatida sudga chaqirilgan.
Ammo xabarlarga ko`ra, SpaceX rahbari suddan hech qanday chaqiriq xati olmagani ham aytilmoqda.
Sobiq er-xotin Depp va Xyord o`rtasidagi janjalli holatlarga barham berilgan edi. Lekin so`nggi vaqtlarda nizolar yana avj olgan.






