AsosiyDunyo

Er yuzida oltita oq karkidon qoldi

Keniyada 34 yoshli Suni laqabli karkidon nobud bo`lganidan so`ng shimoliy oq karkidonlar yo`q bo`lib ketish arafasida turibdi. Yarim asr oldin er yuzida 2000 ga yaqin shimoliy oq karkidonlar mavjudbo`lgan bo`lsa, bugungi kunda ular bor yo`g`i oltita qoldi: bitta erakak karkidon va beshta urg`ochi.

17 oktyabr kuni Keniyaning "Ol Pedjeta" qo`riqxonasida 34 yoshli Suni laqabli karkidon nobud bo`ldi: u volerda tabiiy o`lim topgan. Odatda karkidonlar 50-60 yilgacha umr ko`radilar.
Suni 2009 yilda Chexiya hayvonot bog`idan olib kelingan bo`lib, u tutqunlikda tug`ilgan yagona karkidon edi. U bilan birga yana bitta erkak va ikkita urg`ochi karkidon keltirilgan edi. Olimlar tabiiy sharoitda karkidonlar ko`payishi va populyasiyaning oshishiga umid qilgan edilar. Biroq Suni nasl qoldirmadi. Qo`riqxona xodimlari mazkur tur yo`q bo`lib ketish arafasida turganligini aytib o`tishdi.
Shimoliy oq karkidonlar qirilib ketishining asosiy sababi – brakonerlik. 1960 yilda er yuzida mazkur turga mansub 2250 ta jonivor bo`lgan, ular Yuqori Nil havzasi atrofida joylashgan mamlakatlarda yashagan. Oradan 20 yil o`tgach ular bor yo`g`i 15 ta qoldi, 2008 yilda esa yovvoyi tabiatda oq karkidonlar qolmadi. So`nggi 8 ta karkidon hayvonot bog`larida saqlanib qolgan edi. Keniyaga olib kelingan to`rtta karkidon olimlarning so`nggi umidi edi. Hatto u erda ham ularga xavf tug`ildi. 2011 yilda brakonerlar Sunining shoxini bir qismini arralab oldilar. Shundan so`ng veterinerlar zararlanishning oldini olish uchun karkidon shoxining qolgan qismini ham olib tashladilar. Endi er yuzida ko`paya oladigan uchta karkidon qoldi. Shunday bo`lsada, Keniya qo`riqxonasi xodimlari umidsizlikka tushmadilar. "Harakatlarimiz bekor ketmasligiga ishonamiz va bir kuni nasl olamiz deb umid qilamiz", - deyiladi qo`riqxonaning rasmiy saytida.

Turni ko`paytirishning muqobil usuli janub oq karkidonlari orqali shimol oq karkidonlaridan nasl olishdir. Shu yo`l bilan er yuzida fildan keyingi o`rinda turuvchi yirik jonivor bo`lmish shimol oq karkidonining genlarini saqlab qolish mumkin.
Manba: Vesti.Ru

    Boshqa yangiliklar