Bugun Pokiston janubidagi Kvetta shahri meva-sabzavot bozorida portlash sodir bo`ldi, deb xabar berdi Lenta ru nashri. Ma`lumot berilishicha, hodisada 20 kishi hayotdan ko`z yumgan, 13 kishi yaralangan.
Telekanal ma`lulotlariga ko`ra, bozorda sabzavotlar orasiga yashirilgan qo`lbola portlash moslamasi mahalliy vaqt bilan soat 7:35 atrofida harakatga kelgan. Hodisa qurbonlari soni oshishi mumkin. Hozirda voqea joyida polisiya va qutqaruv xizmati ish olib bormoqda.






